Marg‘ilon shahridagi “Xo‘ja porso” MFY aholisi avtohalokat xavfi yuqori bo‘lgan chorrahaga svetofor o‘rnatishga ko‘mak berishni so‘rab ombudsmanga murojaat qildi. Ombudsmanning “tegishli tashkilotlar”ga murojaatidan so‘ng masala ijobiy hal etildi.
Marg‘ilon shahrida qora rangdagi o‘nlab Gentra mashinalari haydovchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Bu aynan shu rangdagi Gentra avtomobillarining davlat raqami belgisini yechib harakatlanish ko‘paygani bilan izohlandi. Farg‘ona viloyati IIB jarayon profilaktik ishlarning bir qismi ekanini ta’kidladi.
Bahodir Xoliqov Farg‘ona viloyatining Rishton tumaniga, Shukurulloxon Nisbatxonov esa Marg‘ilon shahriga hokim etib tayinlandi. Prezidentning viloyatga tashrifi chog‘ida har ikki hududning sobiq rahbarlari ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun lavozimidan olingandi.
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida 27-iyul kungi yig‘ilishda Marg‘ilon shahri hokimi Adham Ziyavitdinovni ishdan olgandi. Ammo hokim 28-iyulda yordamchisi va kotibni rag‘batlantirish bo‘yicha farmoyish chiqardi, hujjat keyinchalik yashirib qo‘yildi. Hokimlik farmoyishni viloyat prokuraturasi o‘rganayotganini bildirdi.
Namangan va Farg‘onada aholiga ajratilgan arzon narxdagi un mahsulotini boshqa shaxslarga sotib yuborilgani aniqlandi. Pop tumanida MJCH rahbari 54,9 tonna, Marg‘ilon shahrida esa xususiy korxona mansabdorlari 10,1 tonna un mahsulotini qimmatroq narxda sotgani ma’lum bo‘ldi.
Marg‘ilonda «Damas» haydovchisi chapda burilish vaqtida to‘g‘ridan kelayotgan «Cobalt» mashinasini o‘tkazib yubormagani natijasida avariya sodir bo‘lgani aytilmoqda. Buning oqibatida esa «Damas» avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan va haydovchi mashina ichida vafot etgan.
Marg‘ilon shahar xalq ta’limi bo‘limi sobiq boshlig‘i qurilish davrida 1,7 mlrd so‘m miqdordagi mablag‘larni talon-toroj qilganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting